Talabalar uchun Saudiya Arabistonida amaliyot oʻtash imkoniyati — KAUST MEWC Winter Camp
Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
22 Okt, 2025 · Muddat tugagan

Talabalar uchun Saudiya Arabistonida amaliyot oʻtash imkoniyati — KAUST MEWC Winter Camp

Almashinuv dasturi To'liq moliyalash

Tavsif

Saudiya Arabistonining Qirol Abdulloh nomidagi fan va texnologiya universiteti tomonidan talabalar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan 6 haftalik amaliyot dasturi — KAUST MEWC Winter Camp taqdim etiladi.

Dasturdan maqsad ishtirokchilarga yetakchi professor-oʻqituvchilar va ekspertlar rahbarligida mikroelektronikaning asosiy yoʻnalishlariga oid ilmiy loyihalarni faol boshqarishga imkoniyat yaratishdan iborat.

Dastur quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:

  • Turli zamonaviy elektronika sohalarida amaliy va ilgʻor tadqiqot loyihalari;
  • Zamonaviy va rivojlanayotgan texnologiyalar, jumladan integral mikrosxemalar (IC), inkjet usulida chop etish, 3D formatda chop etish boʻyicha seminar va treninglar;
  • Belgilangan loyiha asosida gadjet prototipini loyihalash;
  • Tadqiqot koʻnikmalari va elektron plakatlarni tayyorlash boʻyicha seminarlar;
  • Dastur yakunida elektron plakatlar tanlovi;
  • Ijtimoiy tadbirlar.

Amaliyot dasturi 2026-yil 12-yanvardan 19-fevralga qadar Saudiya Arabistonining Qirol Abdulloh nomidagi fan va texnologiya universitetining kampusida oʻtkaziladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavriatning yuqori kurs talablari, magistratura talabalari va bitiruvchilar qatnashishi mumkin;
  • Nomzodning GPA darajasi 3.5 yoki undan yuqori boʻlishi kerak (4.0 shkala boʻyicha);
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim;
  • Tadqiqot loyihalari ustida ishlash uchun kuchli motivatsiya namoyish etish zarur.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi;
  • Logistika va viza uchun yordam koʻrsatiladi;
  • Kampusda bepul turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng sertifikat beriladi;
  • Jahon miqyosidagi tadqiqot vositalari va manbalariga kirish imkoniyati.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Onlayn ariza berish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Hisob yaratish. Har bir ishtirokchi PlutoEdu portalida arizachi sifatida roʻyxatdan oʻtadi.
  2. Onlayn ariza shaklini toʻldirish. Buni bajarish uchun taxminan 5-10 daqiqa vaqt ketadi. Barcha maʼlumotlarni saqlash va keyinroq ilovaga qaytish mumkin.
  3. Afzal koʻrgan tadqiqot sohasi va fakultetini koʻrsatish. Tavsiyanoma majburiy emas.

Hujjat topshirishda quyidagilar talab qilinadi:

  • Tajriba va ilmiy yutuqlari koʻrsatilgan CV;
  • Akademik transkriptlar (ingliz tilida);
  • Pasport nusxasi.

Eslatma: Saralashdan oʻtganlargina suhbatga chaqiriladi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Saudiya Arabistoni Talabalar uchun Saudiya Arabistonida amaliyot oʻtash imkoniyati — KAUST MEWC Winter Camp
22 Okt, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.