Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:
- Shaxsiy maʼlumotlar;
- Rezyume (ingliz tilida). Tashqi sahifaga Europass formatidan foydalanish kerak;
- Universitetdan rasmiy akademik transkript (ingliz, nemis, fransuz yoki italyan tillaridan birida boʻlishi mumkin);
- Nomzodning GPA darajasi. Universitet taqdim etgan baholash tizimidan foydalanish lozim. Agar magistratura bosqichining birinchi semestridagi GPA bali hujjat topshirish paytida hali mavjud boʻlmasa, bakalavr darajasining yakuniy GPA balini koʻrsatish mumkin;
- Ingliz tilidagi motivatsion xat/shaxsiy bayonot (maksimal 1 sahifa).
Ariza topshirishda quyidagilarga eʼtibor berish kerak:
- Arizalar taqdim etilgan hujjatlar asosida baholanadi. Shuning uchun barcha hujjatlar va maʼlumotlar haqqoniyligi va toʻgʻriligini tekshirish lozim;
- Parol bilan himoyalangan PDF fayllarni yuklash mumkin emas;
- Hujjatlarni PDF formatda taqdim etish kerak;
- Faqat barcha kerakli hujjatlar bilan toʻldirilgan arizalar koʻrib chiqiladi;
- Nomzod oʻzining ismini bosh harfda yozmasligi kerak;
- Faqat SiROP orqali taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi.
Ariza topshirish quyidagi bosqichlardan iborat:
- SiROP orqali roʻyxatdan oʻtish kerak (yangi oyna ochish uchun CTRL+ tugmasi bosiladi). Roʻyxatdan oʻtish uchun taqdim etilgan roʻyxatda nomzod oʻzining universitetini qidirishi yoki elektron pochta manzili yordamida hisob yaratishi kerak. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng SiROP nomzodga oʻz muassasasi bilan hamkorlik qilishni taklif qiladi. Ishtirokchi ariza topshirishi uchun bunday hamkorlikni yaratish shart emas.
- SiROP orqali roʻyxatdan oʻtishni tugatgandan soʻng ushbu havola orqali ham roʻyxatdan oʻtish soʻraladi.
- SiROP ning yuqori qismidagi “Hozir ariza topshirish” tugmasini bosiladi.