Talabalar uchun Xiva shahrida xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur – MA'MUN UNIVERSITETI Yozgi Maktabi 2025
O‘zbekiston O‘zbekiston
31 Iyl, 2025 · Muddat tugagan

Talabalar uchun Xiva shahrida xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur – MA'MUN UNIVERSITETI Yozgi Maktabi 2025

Bakalavr Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

MA'MUN UNIVERSITETI Yozgi Maktabi – 2025 dasturi orqali interfaol darslar, dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar bilan tanishuv va ilmiy hamda madaniy salohiyatingizni kengaytirish imkoniyati sizni kutmoqda.

Fakultetlar bo‘yicha dastur sanalari:

  • Psixologiya, Tibbiyot va Sport fakulteti: 2025-yil 11–17-avgust;
  • Filologiya fakulteti: 2025-yil 20–27-avgust;
  • Iqtisodiyot fakulteti: 2025-yil 20–27-avgust;
  • Ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar fakulteti: 2025-yil 20–27-avgust.

Nimalar kutmoqda?

  • Tajribali ustozlar ishtirokidagi mashg‘ulotlar;
  • Bahs-munozaralar va amaliy mashg‘ulotlar;
  • Xalqaro do‘stlik va madaniy almashinuv;
  • Tarixiy Xivada o‘tkaziladigan unutilmas yozgi tajriba.

Ushbu yozgi maktab Ma’mun Universiteti, Xiva shahri hududida o‘tkaziladi. Ishtirok etganlarga sertifikat taqdim etiladi!
 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga faqat bakalavr talabalar qatnashishi mumkin

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga to'liq grant va o'z hisobidan qatnashish mumkin:

To'liq grant quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • 4 moduldan iborat darslar;
  • Rasmiy taklifnoma;
  • Nonushta;
  • 6 kechalik turarjoy;
  • Mahalliy transport;
  • Dala sayohatlari;
  • Ekskursiyalar;
  • Ishtirok etish sertifikati;
  • Bitiruvchilar nishoni;
  • Yuqori malakali suratlar va videolar;
  • Ma'mun universitetida amaliyot o'tash imkoniyati.

Eslatma: o'z hisobidan qatnashish kategoriyasi mahalliy talabalar uchun 1,999,000 so'm; xorijlik talabalar uchun esa $399 ni tashkil qiladi.

Topshirish jarayoni

Ushbu havola orqali dasturga ro'yxatdan o'tish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Yozgi maktab Ma’mun Universiteti, Xiva shahri hududida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun:
Iqtisodiyot +998 93 285 62 62

Psixologiya  +998 93 922 85 16

Filologiya  +998 99 302 70 32

Tarix:+998 93 922 54 32

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Talabalar uchun Xiva shahrida xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur – MA'MUN UNIVERSITETI Yozgi Maktabi 2025
31 Iyl, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.