Tavsif
UCAS International Summer School 2024 xalqaro yozgi maktab dasturi Xitoy Fanlar akademiyasi universiteti (UCAS) tomonidan 18-27-iyul kunlari tashkil etilmоqda. Dastur "Global o‘zgarishlar va ekologik salomatlik" (Global Change and Ecological Health) mavzusida o‘tkazilib, xorijiy ekspertlar va olimlarni o‘zida birlashtiradi.
Ushbu dasturga dunyoning taniqli universitetlaridan ekologiya, geografik resurslar, biologiya, kimyo va boshqa tegishli fanlar bo‘yicha professional ma’lumotga ega bo‘lgan ekologiya va atrof-muhitga qiziquvchi 30-45 nafar xalqaro talabalar jalb qilinadi.
Ishtirokchilar nafaqat ekologik muhitni muhofaza qilish holatlari bilan tanishish va mutaxassislar bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniga ega, balki ilmiy tadqiqot faoliyatida ishtirok etishadi va an’anaviy Xitoy madaniyati bilan tanishadilar.
Dasturda ishtirok etish bepul. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi. Ariza topshirish 2024-yil 31-maygacha davom etadi.