Tavsif
Xitoyning University of Chinese Academy of Sciences (UCAS) tadqiqot instituti, The Alliance of National and International Science Organizations for the Belt and Road Regions (ANSO) va Association of Pacific Rim Universities (APRU) hamkorlikda “Earth Science for a Shared Future” dasturini e’lon qiladi. Dastur doirasida nomzodlar yer fanlari va shunga oid sohalarda eng oxirgi tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishadi. Dastur quyidagicha tashkillashtiriladi:
- Onlayn kurs ishi (ZOOM): 25-iyundan 1-iyulgacha- 7 kun;
- Tadqiqot amalga oshirilishi: 5-iyuldan 11-iyulgacha- 7 kun.
Tadqiqotlar 3 hamkor universitetda olib boriladi. ANSO va UCAS tomonidan ishtirokchilarning kontrakt, ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari, mahalliy turar-joy, oziq-ovqat va sog‘liq sug‘urtasi qoplanadi. Ariza topshirish jarayonida nomzodlar asosiy muassasa sifatida universitetlardan birini tanlab yozishlari kerak bo‘ladi. Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 30-aprelgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.