Tavsif
Innovatsiyalar Milliy ofisi va Vengriyaning Startap Kampus innovatsiyalar agentligi, Vengriya Respublikasi Tashqi Ishlar va Savdo Vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida Vengriya-Oʻzbekiston startap dasturini ishga tushirmoqda.
Dastur ishtirokchi kompaniyalarning tashqi bozorga chiqishlariga koʻmaklashish va ikki davlat oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Mavjud dasturlar:
- Universitet Startap Akseleratsiya Dasturi (USAP)
- Korporativ Startap uchun Akseleratsiya Dasturi (CSAP)
Dasturlar gibrid hamda onlayn shaklda 3 oy davom etadi.
Akselerator dasturiga quyidagi sohalardagi startap loyihalar qabul qilinadi:
- Qishloq xoʻjaligi va irrigatsiya;
- Sogʻliqni saqlash;
- Energetika;
- Urbanizatsiya.
Dastur orqali Yevropa hamda Oʻzbekistondan boʻlgan koʻplab mentorlar bilan tajriba almashish imkoniyati mavjud.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.