Tavsif
Varkey Foundation hamjamiyati tomonidan oʻz tengdoshlarining hayotiga va jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatishni istagan barcha iqtidorli talaba va maktab oʻquvchilari uchun Global Student Prize — 2025 tanlovi eʼlon qilinadi. Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 100,000 AQSh dollarni tashkil etadi.
Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:
- 1-bosqichda topshirilgan arizalar ichida 50 nafar finalchi saralab olinadi.
- 2-bosqichda maxsus tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan 10 nafar ishtirokchi tanlab olinib onlayn ovoz berish usulida gʻolib aniqlandi.
Dasturdan asosiy maqsad har qanday koʻrinishda oʻz tengdoshlari va jamiyatga ijobiy taʼsir oʻtkazadigan yosh yetakchilarni topish va ularda muammolarni yengib oʻtish koʻnikmalarini yanada shakllantirish, innovatsiyalardan butun insoniyatga foyda keltiradigan gʻoyalarni amalga oshirishga ragʻbatlantirish va turli mamlakat fuqarolari bilan bir maqsad yoʻlida birlashgan kuchli global fuqarolarni tarbiyalashdir.
Dastur haqida batafsil ushbu havola havola orqali maʼlumot olish mumkin.