Talabalar va mutaxassislar uchun KOICA granti asosida 12 haftalik bepul o’quv dasturi — AI Training Center
O‘zbekiston O‘zbekiston
15 Avg, 2026 · 17 kun qoldi

Talabalar va mutaxassislar uchun KOICA granti asosida 12 haftalik bepul o’quv dasturi — AI Training Center

Professional rivojlanish Malaka oshirish +1 To'liq moliyalash

Tavsif

AI Training Center — Tashkent International University, Koreya Respublikasining Cheju Halla University hamda KOICA tashkiloti hamkorligida sun'iy intellekt yoʻnalishida tashkil etilayotgan 100% bepul xalqaro oʻquv dasturidir. Dastur doirasida 30 nafar saralab olingan tinglovchi 12 hafta davomida AI sohasida chuqurlashtirilgan bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishadi.

Oʻquv darslari haftasiga 3 kun soat 18:00 dan keyin offlayn formatda, ingliz tilida olib boriladi. Dastur doirasidagi asosiy yoʻnalishlar va fanlar:

  • Microsoft Azure AI Fundamentals: Barcha tinglovchilar uchun oʻtilishi majburiy boʻlgan sun'iy intellekt asoslari moduli;

  • Tanlov fanlari: Prompt Engineering, MLOps hamda AI Consulting yoʻnalishlaridan biri boʻyicha ixtisoslashuv.

Tinglovchilar, shuningdek, sohaning yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladigan mahorat darslarida (guest lectures) qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Davlat tashkilotlari xodimlari, xususiy sektor vakillari hamda universitet talabalari ariza topshirishlari mumkin;

  • Darslar ingliz tilida olib borilishi sababli ingliz tilini muloqot va ta'lim darajasida bilish talab etiladi;

  • Haftasiga 3 kun soat 18:00 dan keyin Toshkent shahridagi offlayn darslarda muntazam qatnasha olish;

  • Dastur uchun jami 30 nafar tinglovchi saralab olinadi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Oʻqish toʻliq KOICA xalqaro granti hisobidan moliyalashtiriladi va 100% bepul;

  • Microsoft Azure AI-900 sertifikat imtihoni toʻlovi grant hisobidan toʻliq qoplanadi;

  • Eng yuqori koʻrsatkichga erishgan tinglovchilarga Galaxy planshetlari topshiriladi;

  • Talabalar uchun haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati taqdim etiladi;

  • Soha ekspertlari bilan networking va tajriba almashish imkoniyati yaratiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun hujjat topshirish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Tashkilotchilarning rasmiy roʻyxatdan oʻtish portaliga oʻting;

  2. Onlayn ariza shaklini shaxsiy va akademik/kasbiy ma'lumotlar bilan toʻldiring;

  3. Arizani 2026-yil 15-avgustga qadar yuboring.

Eslatma: Mashgʻulotlar Tashkent International University binosida offlayn tarzda oʻtkaziladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim sanalar:— Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 15-avgust.Tashkilotchilar bilan bogʻlanish:— Manzil: Toshkent shahri, Minor dahasi 76, Tashkent International University, B rektorat binosi — Elektron pochta: komilov1864s@gmail.com — Telefon: +998 95 981 84 44 — Telegram: @tiu_aicenter

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Imkoniyat turi

    Malaka oshirish, Kurslar

  • Daraja

    Professional rivojlanish

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash, Bepul o'qish

  • Format

    Offlayn

  • Davomiylik

    Kengaytirilgan (3-9 oy)

  • Ariza to'lovi

    Yo'q

  • Soha

    Sun'iy intellekt

O‘zbekiston Talabalar va mutaxassislar uchun KOICA granti asosida 12 haftalik bepul o’quv dasturi — AI Training Center
15 Avg, 2026
17 kun qoldi
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.