Tavsif
Oʻzbekistondagi Mahorat & Management Institute ingliz, oʻzbek yoki rus tillaridan birida faoliyat yuritayotgan huquq, taʼlim, moliya, iqtisodiyot, media, jurnalistika va IT sohasidagi tadqiqotchilar uchun Mahorat & Management Internship dasturini eʼlon qiladi. Muvaffaqiyatli nomzodlar taʼlim sifati va isteʼdod strategiyasini oshirishga qaratilgan turli darajalardagi boshqaruv tizimini yaratish ustida ishlashadi. Ushbu dastur tadqiqot va ishlanmalar jarayonining toʻliq siklida zarur boʻlgan koʻnikmalarni oshirish imkonini beradi. Ishtirokchilar 15-maydan boshlab 6 oy dasturda qatnashisha olishlari, shuningdek, kamida bir yillik ish tajribasiga ega boʻlishlari lozim. Dastur soʻnggida tajriba oshirish, mutaxassis maslahatini olish, sohada tajriba orttirish hamda dastur sertifikat va tavsiyanomasini qoʻlga kiritish imkoni boʻladi.
Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 1-maygacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.