Tavsif
Aral Summer School 2026 — Qozogʻistonning Olmaota shahrida ekologiya, suv resurslari hamda atrof-muhit muhofazasi sohalariga qiziquvchi talabalar, tadqiqotchilar va yosh mutaxassislar uchun tashkil etilayotgan bepul yozgi maktab dasturidir. Mazkur loyiha Orol dengizi havzasidagi ekologik muammolarni amaliy dala tadqiqotlari orqali oʻrganishga qaratilgan.
Yozgi maktab davomida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda bilim va tajriba orttiradilar:
Geografik axborot tizimlari (GIS) va masofadan zondlash;
Ekologiya va tabiiy resurslarni boshqarish;
Suv resurslari va qishloq xoʻjaligi;
Dala tadqiqotlari va ilmiy ekspeditsiyalar;
Maʼlumotlar tahlili va statistika.
Dastur 2026-yil 14–22-avgust kunlari boʻlib oʻtadi hamda qatnashchilarga soha ekspertlari bilan bevosita hamkorlik qilish va xalqaro tajriba almashish imkoniyatini taqdim etadi.