Tavsif
Armanistonda joylashgan Yerevan Iqtisodiyot Maktabi (Yerevan Economic School) tomonidan iqtisod va moliya boʻyicha faoliyat olib borayotgan talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun toʻliq moliyalashtiriladigan YES Summer School yozgi maktabi tashkil qilinmoqda.
Yozgi maktabda quyidagi soha mutaxassislaridan taʼlim olish mumkin:
- VLADIMIR ASRIYAN, CREI – Macrofinance;
- RUBEN ENIKOLOPOV, Universitat Pompeu Fabra – Applied Econometrics;
- KATE KOPPY, New Economic School, Yerevan Economic School – Academic Communication;
- MATTIAS POLBORN, Vanderbilt University – Microeconomics;
- GERHARD TOEWS, New Economic School, University of Stavanger – Energy Economics;
- VICTORIA VANASCO, CREI – Macrofinance.
Dastur Armanistonning Dilijon shahrida 2024-yil 8-iyuldan 12-iyulgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olishingiz mumkin.