Tavsif
The 7- day International Anti-Corruption Summer School for Students and Young People - 7 kunlik onlayn yozgi maktab dasturi talabalar va yoshlarda axloqiy koʻnikma va tafakkurni shakllantirish hamda ular oʻrtasida halollik, axloq va korrupsiyaga qarshi kurash qadriyatlari va tamoyillari haqida xabardorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Yozgi maktabda 18-29 yoshdagi yoshlar va talabalar ishtirok etishi mumkin. Yozgi maktab 2022-yil 19-25-sentyabr oraligʻida boʻlib oʻtadi.
Dastur yakunida muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.
Yozgi maktab yoshlarga:
- Korrupsiya nima ekanligini va uning jamiyatga qanday zararli taʼsiri borligini tushunish;
- Korrupsiyani tan olish, unga qarshi turish va oldini olish boʻyicha bilimlarga ega boʻlish;
- Yetakchi global ekspertlardan amaliy misollar va mavzular boʻyicha noyob tushunchalar bilan tanishish;
- Fikr va tajriba almashish hamda mintaqaviy tarmoqni rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi.
Dasturda haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.