Taʼlim sohasida tadqiqot olib boruvchi mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlovchi GEM Report hamdoʻstlik dasturi; $19500 stipendiya taqdim etiladi va Parijga tashrif xarajatlari qoplanadi
Fransiya Fransiya
15 Dek, 2021 · Muddat tugagan

Taʼlim sohasida tadqiqot olib boruvchi mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlovchi GEM Report hamdoʻstlik dasturi; $19500 stipendiya taqdim etiladi va Parijga tashrif xarajatlari qoplanadi

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Open Society Jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan Global Taʼlim Monitoringi Hisoboti (GEM Report) hamdoʻstlik dasturi toʻrtinchi Barqaror Rivojlanish Maqsadi (SDG 4), yaʼni Global Taʼlim maqsadiga erishishga yordam berish uchun qiyosiy va xalqaro taʼlimni rivojlantirishga yangi istiqbolni olib kirishni maqsad qilgan tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Dastur ishtirokchilarga GEM Report jamoasi bilan belgilangan asosiy maqsadlarga erishishda birgalikda ishlash imkoniga ega tanlab olingan olimlar va tadqiqotchilar guruhining bir qismi boʻlish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, o'zlarining tadqiqot ishlarini amalga oshirishda soha mutaxassislari bilan ishlashlari mumkin.

Dastur masofaviy tarzda boʻladi va davomiyligi 1 yilni tashkil etadi. Agar karantin qoidalari boʻlmasa, Parijga 2 haftalik tashrif ham tashkillashtiriladi(sayohat xarajatlari qoplanadi). Ishtirokchilarga yillik stipendiya ham taqdim etiladi.

Ishtirokchilarning tadqiqot ishlari tegishli tashkilotlar rasmiy saytlarida va jurnallarda chop etiladi.

Dastur taqdim etadigan imkoniyatlar, talablari va tanlov mezonlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha millat vakillari nomzod boʻlishi mumkin;
  • Oʻz sohasidagi yangi izlanuvchilar, professional tadqiqotchilar, katta tahlilchilar, nodavlat tashkilotlar tadqiqotchilari, professorlar, doktorantlar, aspirantlar, fuqarolik jamiyatining mustaqil tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Ishtirokchilar dastur davomida stipendiya bilan taʼminlanadi — $19500 ( 11 oy uchun);
  • Parijga 2 haftalik tashrif davomida sayohat xarajatlari qoplanadi;
  • Ishtirokchilar tayinlangan mentorlar bilan birga ishlash, ulardan yordam olish, tadqiqot ishi boʻyicha kerakli koʻrsatmalarga ega boʻlishi mumkin;
  • Har oy soha tadqiqotchilari va ishtirokchilar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Dastur taqdim etadigan imkoniyatlar, talablari va tanlov mezonlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar gemreport.fellowship@unesco.org elektron manziliga yuborilishi kerak:

  • Motivatsion xat;
  • Tadqiqot taklifi;
  • UNESCO formatidagi CV va barcha chop ettirilgan adabiyotlar roʻyxati.

Tadqiqot taklifi SDG 4 boʻyicha joriy siyosat muhokamasi doirasida joylashtirilishi va ushbu tadqiqotning taʼlim sohasiga va siyosatni ishlab chiqishga qoʻshishi mumkin boʻlgan hissasini qisqacha tavsiflashi kerak. U quyidagi elementlarni oʻz ichiga olishi kerak:

  • Tadqiqot bayoni (200 soʻzdan koʻp boʻlmagan);
  • Taklif (maksimal 8 sahifa / 4000 soʻz), shu jumladan:
    • Mavzuga turtki beruvchi kirish/mantiqiy asos va uning dolzarbligi;
    • Qisqacha tegishli adabiyotlar va siyosatga tegishli tadqiqot savollari;
    • Tadqiqot savollariga javob berish uchun maʼlumotlar va metodologiyadan iborat boʻlishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi — FAQ.

Dastur 2022-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha davom etadi.

Tadqiqot ishlari tanlovning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi:

  • Oʻziga xoslik;
  • Dolzarblik — sohadagi qanday muammolarni hal etishga qaratilgan va qanday boʻshliqlarni toʻldira oladi?;
  • Maʼlumotlar, usullar tahlili;
  • Maqsadga muvofiqligi
  • Inson huquqlari muammolari va taʼlim taraqqiyotidagi tengsizliklarni oʻrganish kabi adolat va javobgarlikni taʼkidlaydigan tadqiqotlar

Tanlov mezonlari bilan batafsil rasmiy havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Taʼlim va tarbiya

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Fransiya Taʼlim sohasida tadqiqot olib boruvchi mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlovchi GEM Report hamdoʻstlik dasturi; $19500 stipendiya taqdim etiladi va Parijga tashrif xarajatlari qoplanadi
15 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.