Tavsif
"Target" o'quv markazi Toshkentdagi chet el universitetlarida grant asosida o'qish imkonini beruvchi “Abiturient 3.0” loyihasini e'lon qiladi.
Loyiha Amerika va Finlandiya o'quv metodikasiga asoslangan bo'lib, abituriyentlarni chet el va chet el universitetlarining O'zbekistondagi fililallariga o'qishga kirishga tayyorlaydi.
Ushbu loyihada abiturientlarga quyidagi fanlar o'rgatiladi:
- IELTS;
- Matematika;
- Mantiqiy fikrlash (Critical thinking)
- Arab tili;
- Motivatsion treyning (Darslar Target o'quv markazi rahbari Bekhzod Jalilov tomonidan olib boriladi);
Kursning so'nggi oylarida maxsus kasbiy ta'lim yo'nalishlari ham mavjud:
- IELTSdan dars berish metodikasi;
- Matematikadan dars berish metodikasi;
- Mental arifmetikadan dars metodikasi;
- SMM marketing yo'nalish;
- O'quv markaz menejerligi;
“Abiturient 3.0” loyihasining 15 ta eng muvaffaqiyatli bitiruvchilariga “Target” o'quv markazi tomonidan Toshkentda joylashgan Westminster, MDIST va boshqa chet el universiteti filiallarida grant asosida o'qish imkoniyati taqdim etiladi.
To'liq ma'lumotlar bilan ushbu havola orqali yoki quyidagi videoda tanishishingiz mumkin: https://taplink.cc/targetedu.uz