Tasviriy va amaliy san’at vakillari uchun €1,000 oylik maosh bilan Fransiyaning Rouen shahrida to‘la moliyalashtirilgan holda amaliyot o‘tash imkoniyatini beruvchi Art in residence dasturi
Fransiya Fransiya
09 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Tasviriy va amaliy san’at vakillari uchun €1,000 oylik maosh bilan Fransiyaning Rouen shahrida to‘la moliyalashtirilgan holda amaliyot o‘tash imkoniyatini beruvchi Art in residence dasturi

Almashinuv dasturi To'liq moliyalash

Tavsif

Fransiyaning Rouen shahri CreArt hamjamiyati bilan hamkorlikda iqtidorli ijodkorlarni “Polymorphe” rassomlari tomonidan tashkil etilgan “La maison pressée” uyida bir oy ijodiy amaliyot o‘tashga taklif qiladi. Amaliyot 2021-yilning 15-noyabridan 18-dekabriga qaradar bo‘lib o‘tadi. 

Tasviriy va amaliy san’atning turli yo‘nalishlari: chizmachilik, o'ymakorlik, rasm, video, (dekoratsiyalarni) o'rnatish, kollaj yasash, yangicha media, rang-tasvir, fotografiya, haykaltaroshlik, dizaynerlik, to'qimachilik, grafika bilan shug‘ullanuvchi barcha nomzodlar dasturga ariza topshrishi mumkin. 

Dastur g‘oliblari bepul safar va turargoh, 1000 yevrolik bir martalik maosh, CreAert veb-sahifasida ijodiy ishlarini bepul e’lon qilish kabi imtizyolarga ega bo‘ladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar tasviriy va amaliy san’atning turli yo‘nalishlari: chizmachilik, o'ymakorlik, rasm, video, (dekoratsiyalarni) o'rnatish, kollaj yasash, yangicha media, rang-tasvir, fotografiya, haykaltaroshlik, dizaynerlik, to'qimachilik, grafika bilan faol shug‘ullanib kelayotgan bo‘lishlari kerak;
  • Sog‘lom (erkin harakatlana oluvchi), qobiliyatli barcha toifa vakillari dasturga ariza berishi mumkin;
  • Talabgorlar, shuningdek, uyushma qadriyatlariga (mushuklar bilan do‘stona munosabatli, vegeterian bo'lishi va b.) mos bo‘lishi so‘raladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Foydalaniladigan material, yo‘l va yashash xarajatlari qoplab beriladi;
  • Amaliyot davomida bir martalik € 1000 oylik ajratiladi;
  • Tanlab olingan ishlar CreArt vebsaytida e’lon qilinadi.

Topshirish jarayoni

Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Pasportning skanerlangan nusxasi;
  • Bir betlik CV (A4);
  • Portfolio (ijodiy va amaliy ishlar aks etgan bo‘lishi lozim. Havolalarni ham shu yerga biriktirish mumkin);
  • Salomatlikni tasdiqlovchi Yevropa kartasi yoki shunga teng hujjat;
  • Covid 19 ga qarshi emanganlik to‘g‘risidagi sertifikat.

Talablat bilan batafsil rasmiy saytning talablar bo‘limida tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Arizalar 10-oktabrga qadar topshirilishi lozim. To‘liq topshirilgan arizalargina ko‘rib chiqiladi. Natijalar haqida 15-oktabrda, 2021-yili e’lon qilinadi. Tanlab olingan ishlar CreArt vebsaytida e’lon qilinadi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Facebook : @lamaisonpressee

Instagram : @collectifpolymorphe

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Fransiya Tasviriy va amaliy san’at vakillari uchun €1,000 oylik maosh bilan Fransiyaning Rouen shahrida to‘la moliyalashtirilgan holda amaliyot o‘tash imkoniyatini beruvchi Art in residence dasturi
09 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.