Tavsif
Seeds for the Future - Huawei kompaniyasining global ijtimoiy ta'lim dasturi. 2008-yilda Tailandda birinchi marta boshlangan ushbu loyihaning maqsadi - AKT sohasidagi iste’dodlarni rivojlantirish, ularning dunyoqarashi va bilimlarini kengaytirish, mintaqaviy o‘zaro ta’sir va raqamli texnologiyalar ishtirokini yaxshilash va rag‘batlantirishdir.
Ushbu dastur O‘zbekistonda 8 yildan buyon amalga oshirilib kelayotgan bo‘lib, loyiha doirasida Toshkеnt Axborot tеxnologiyalari univеrsitеtining (TATU) 50 talabasi Xitoyga tashrif buyurib, kompaniyaning bosh ofisida amaliyot o‘tishdi. 2017-yilda "Seeds for the Future" loyihasining 4 ishtirokchisi Pеkin shahriga “Bir mintaqa, bir yo‘l” xalqaro sammitida qatnashish uchun taklif etildi, ular 30 mamlakatdan sammitga tashrif buyurgan davlat va hukumat rahbarlari oldida o‘z loyihalarining taqdimotini o‘tkazdilar.
Pandemiya sababli loyiha O‘zbekistonda so‘nggi uch yil davomida masofadan turib olib borilgan edi, biroq bu yil ishtirokchilar uchun mutlaqo yangi format tashkil etilmoqda.
“Seed for the Future” loyihasi Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo, xususan Qatar va BAAdagi mintaqaviy ofisi tomonidan joriy yilning sentyabr oyida tashkil etiladi.
Loyiha haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.