Tavsif
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutati. Qarorda elgilangan tartibga ko'ra joriy yilning 6-12-dekabr kunlari tayanch doktoranturada tahsil olayotgan talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga hujjatlar qabul qilinmoqda.
Stipendiya quyidagi yo'nalish talabgorlariga ajratiladi:
- Tabiiy va aniq fanlar (3 ta kvota)
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar (3 ta kvota)
- Texnika va texnologiya (2 ta kvota)
- Sog‘liqni saqlash (1 ta kvota)
- Qishloq xo‘jaligi (1 ta kvota)
A'lo baholarga malakaviy imtihonlarni topshirayotgan; xorijiy til, tarix va axborot texnologiyalari bo'yicha yuqori bilimga ega; ilmiy ishlari muntazam chop etib borilayotgan hamda dissertatsiyasining kamida 70%i tayyor bo'lgan nomzodlar stipendiyaga da'vogarlik qilishlari mumkin.
Stipendiantlarni taqdirlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali tarzda amalga oshiriladi.
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan bu yerda tanishish mumkin.