Tailandda bakalavr va doktorantura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grantlar
Tailand Tailand
30 Yan, 2025 · Muddat tugagan

Tailandda bakalavr va doktorantura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grantlar

Magistratura +1 To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Taylandning Vidyasirimedhi Institute of Science and Technology bakalavr va doktorantura bosqichida oʻqish uchun grantlar eʼlon qiladi. Dasturda bakalavr bosqichini tamomlagan va ingliz tilini biluvchi barcha nomzodlar qatnashishlari mumkin. Dastur gʻoliblariga toʻliq grantlar taqdim etiladi va zamonaviy sharoitlarda, tajribali xodimlar bilan ishlash hamda tadqiqot olib borish imkoniyati yaratib beriladi. Doktorantura bosqichi talabalariga chet elda bir yil tadqiqot oʻtash uchun grant taqdim etiladi. Srimedhi Royal granti sohiblariga chet elda 2 yil tadqiqot oʻtash uchun qoʻshimcha 1 million tayland bahti (taxminan 29,000 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi.

Dasturga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 31-yanvargacha davom etadi.

 Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda bakalavr bosqichini tamomlagan hamda magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlagan barcha nomzodlar ariza topshirishlari mumkin;
  • Nomzodlar ingliz tilini bilishlari va til bilish darajasini aniqlovchi sertifikatga ega boʻlishlari kerak;
  • Ishtirokchilar yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishlari ularga saralash jarayonida ustunlik beradi;
  • Dasturda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ariza topshirish mumkin:

-Axborot ilmi va texnologiya (Information Science and Technology);

-Molekulalar ilmi va muhandislik (Molecular Science and Engineering);

-Energiya ilmi va muhandislik (Energy Science and Engineering);

-Biomolekulyar ilm-fan va muhandislik (Biomolecular Science and Engineering).

Dastur talabalari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Dastur gʻoliblariga toʻliq grantlar taqdim etiladi. Oʻqishni bitirgandan soʻng hech qanday majburiyatlar yuklatilmaydi;
  • Doktorantura bosqichi talabalariga chet elda bir yil tadqiqot oʻtash uchun grant taqdim etiladi. Srimedhi Royal granti sohiblariga chet elda 2 yil tadqiqot oʻtash uchun qoʻshimcha 1 million tayland bahti (taxminan 29,000 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi;
  • Tadqiqot qilish uchun zamonaviy sharoitlarda faoliyat yuritish imkoniyati yaratiladi;
  • Yetakchi sanoat va tadqiqot institutlari bilan ishlash va hamkorlik qilish imkoniyati mavjud;
  • Chet eldagi yetakchi universitetda oʻqish va tajriba oshirish imkoniyati mavjud;
  • Tajribali fakultet xodimlari va tadqiqotchilar bilan ishlash va tajriba oshirish mumkin boʻladi;
  • Barcha sharoitlari (qulay transport, savdo markazlari, sport va boshqa mashgʻulotlar uchun sharoitlar, zamonaviy arxitektura) mavjud kampusda oʻqish imkoniyati yaratiladi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish jarayoni quyidagicha:

  • Grant rasmiy sahifasida roʻyxatdan oʻting;
  • Kerakli hujjatlar roʻyxati bilan tanishib chiqing. Quyidagi hujjatlarni tayyorlang:

-CV;

-Diplom transkripsiyasi;

-Pasport yoki ID;

-Til sertifikati;

-Nashrlar/Portfolio;

-Rasm;

  • Ariza topshirish tugmasini bosing;
  • Qoʻshimcha hujjatlarni yuklang (Tavsiyanoma, motivatsion xat va boshqalar).

Dasturga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim sanalar:

  • Qabul vaqti: 2024-yil 1-oktyabrdan 2025-yil 31-yanvargacha;
  • Intervyu eʼlon qilinishi: 2025-yil 4-fevral;
  • Intervyu: 2025-yil 7-10-noyabr kunlari;
  • Natijalar eʼlon qilinishi: 2025-yil 5-mart.

Maʼlumot uchun:

Tel: +033 01 4116;

+(66) 33-014-444

Arizalarga masʼul shaxs: K. Thasikan Popromsree (Thasikan.p@vistec.ac.th);

E-mail: contact@vistec.ac.th.

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:

- Facebook;

-Twitter;

-You Tube;

-LinkedIn.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Soha

    Muhandislik va texnologiya, Tabiiy fanlar va matematika, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Tailand Tailandda bakalavr va doktorantura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grantlar
30 Yan, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.