Tavsif
Academia Sinica (Tayvan milliy tadqiqot akademiyasi) va Tayvandagi eng yaxshi milliy tadqiqot universitetlari tomonidan doktoranturada oʻqishni xohlovchi chet ellik tadqiqotchilar uchun Taiwan International Graduate Program (TIGP) dasturini taqdim etadi.
Dastur 2025-yilning kuzida boshlanadi va unda oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuksak salohiyat va bilimga ega, shuningdek, yuqori akademik koʻrsatkichlarga erishgan yosh tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin.
Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.
Grant quyidagi 13 ta yoʻnalish uchun taqdim etiladi:
- Chemical Biology and Molecular Biophysics;
- Molecular and Biological Agricultural Sciences;
- Molecular and Cell Biology;
- Bioinformatics;
- Molecular Medicine;
- Earth System Science;
- Biodiversity;
- Interdisciplinary Neuroscience;
- Social Networks and Human-Centered Computing;
- Artificial Intelligence of Things;
- Molecular Science and Technology;
- Nano Science and Technology;
- Sustainable Chemical Science and Technology.
Ushbu dasturdan asosiy maqsad chet ellik yosh isteʼdodlarni mamlakatga jalb qilish va ilgʻor tadqiqotga yoʻnaltirilgan muhitni yaratish hisoblanadi.
Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati — 2025-yil, 1 fevral.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.