Tavsif
Tayvandagi Chang Gung universitetidan magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olishni xohlagan xalqaro talabalar uchun Chang Gung University Scholarship grantini taqdim etadi. Dastur 2023-2024-yilgi oʻquv yili uchun taklif etilmoqda. Magistratura uchun 25 nafar, doktorantura uchun 50 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Dasturda qatnashish davomida barcha talabalarga bepul xitoy tili kursi taqdim etiladi hamda 188 AQSH dollardan 940 AQSH dollargacha oylik stipendiya beriladi. Bundan tashqari, yaxshi akademik koʻrsatkichlarni qayd etgan talabalarni yanada ragʻbatlantirish maqsadida qoʻshimcha stipendiyalar ham taqdim etiladi. Xalqaro talabalarga universitetda oʻqituvchi yoki tadqiqotchi yordamchisi sifatida ishlab maosh olishlariga ham imkoniyat yaratiladi.
Magistratura uchun grant taqdim etiladigan yoʻnalishlar:
- International Master Degree Program for Molecular Medicine in Emerging Viral Infections;
- Graduate Institute of Biomedical Sciences;
- Department of Medical Imaging and Radiological Sciences;
- School of Traditional Chinese Medicine;
- Graduate Institute of Natural Products;
- Graduate Institute of Early Intervention;
- Department of Chemical and Materials Engineering;
- Graduate Institute of Electro-Optical Engineering;
- Graduate Institute of Biomedical Engineering;
- Department of Electrical Engineering;
- Department of Electronic Engineering;
- Department of Computer Science and Information Engineering;
- Department of Mechanical Engineering;
- School of Business (MBA);
- Department of Artificial Intelligence.
Doktorantura uchun grant taqdim etiladigan yoʻnalishlar:
- Graduate Institute of Biomedical sciences;
- Department of Medical Imaging and Radiological Sciences;
- School of Traditional Chinese Medicine;
- School of Nursing;
- Department of Chemical and Materials Engineering;
- Graduate Institute of Biomedical Engineering;
- Department of Electrical Engineering;
- Department of Electronic Engineering;
- Department of Computer Science and Information Engineering;
- Department of Mechanical Engineering;
- Graduate Institute of Management.
Dastur uchun qabul 2023-yil 31-iyuldan 29-sentabrgacha (21:00) davom etadi.
Maʼlumot uchun: Tayvandagi Chang Gung universitetiga 1987-yil aprelda asos solingan. 2011-yilda oʻtkazilgan Performance Ranking of Scientific Papers for World Universities (Jahon universitetlari uchun ilmiy maqolalar samaradorligi reytingi)da 498-oʻrinni egalladi va universitet mamlakatdagi eng yaxshi top universitetlar qatoriga kirdi. Chang Gung universiteti butun dunyodagi nufuzli universitetlar bilan akademik aloqalarni oʻrnatishga intilmoqda. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun akademik yutuqqa erishgan, ilgʻor fikrli xalqaro talaba va tadqiqotchilar uchun manfaatli dasturlarni taqdim etmoqda.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.