Tavsif
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari qatnashishi mumkin.
Tanlovga huquqiy targʻibot boʻyicha eng yaxshi innovatsion loyiha sifatida 2022-yil 1-noyabrgacha faoliyati yoʻlga qoʻyilgan hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi va oxirgi 3 oy davomida faoliyat yuritib kelgan texnik ishlanmalar (veb-sayt, platforma, mobil ilova va boshqa texnik usullar yordamida ishlovchi ishlanmalar) hamda huquqiy targʻibotni amalga oshiruvchi innovatsion gʻoyalar taqdim etiladi.
3 nafar g'olibga qimmatbaho sovg'alar topshiriladi. Tanlov haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin.