Tavsif
Tech4Impact NNT Kanadaning Mahalliy tashabbuslar fondi bilan hamkorlikda “Yashil” texnologiyalar bilan shugʻullanuvchi tadbirkor ayollarning biznesini jadallashtirish dasturini e'lon qiladi.
Dastur maqsadi — tadbirkor ayollarga ekspertlar koʻmagida oʻz biznesini yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishdan iborat.
Yashil energetika, qishloq xoʻjaligi, yerdan barqaror foydalanish, suv resurslari, chiqindilarni qayta ishlash, barqaror turizm, ishlab chiqarishda CO2 tashlanishlarini qisqartirish va hokazo sohalardagi loyihalarning arizalari qabul qilinadi.
Ishtirokchilarni onlayn treninglar, biznesni rivojlantirish rejasini ishlab chiqishga yordam beruvchi biznes sohasining mentorlari bilan individual ishlar, togʻli dam olish zonasida seminarlar (tashkilotchilar hisobidan) hamda tadbirkor ayollar haqidagi qisqa metrajli filmni tasvirga olish ishlari kutmoqda.