Tavsif
TED tarjimoniga aylanib global hamjamiyatga qoʻshilish imkoniyati — TED Translators taqdim etiladi. TED tarjimonlari odatda gʻoyalarni global auditoriyaga yetkazishga yordam beradi.
Tarjimonlar CaptionHub deb nomlangan bepul va zamonaviy subtitr platformasidan foydalanishadi va turli tillarga tarjima qilish bilan shugʻullanishadi. Nomzodlar tomonidan tayyorlangan subtitrlar chop etilishidan oldin turli bosqichlardan oʻtadi.
Ish jarayoni bosqichlari:
- Transkripsiya (Transcription). TED va TED-Ed kontentlari uchun TED asl transkriptni taqdim etadi. TEDx talks uchun esa volontyorlar avtomatik yaratilgan transkripsiyalardan asos sifatida foydalanishlari yoki transkriptni noldan yaratishlari mumkin.
- Tarjima (Translation). Subtitrlar asl tildan kerakli tilga dinamik subtitr muharriri (dynamic subtitle editor) yordamida tarjima qilinadi. TEDx transkriptlari tarjima yaratilishidan oldin tekshirilib, chop etilgan boʻlishi kerak.
- Koʻrib chiqish (Review). Chop etilishidan oldin subtitrlar tajribali volontyorlar tomonidan tekshiriladi. Tekshiruvdan oʻtgach, subtitrlar toʻgʻridan-toʻgʻri TED.com video pleyeriga va YouTubeʼga joylanadi va butun dunyo tomosha qilishi mumkin boʻladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olishi mumkin.