Tavsif
United Nations World Tourism Organization (UNWTO) BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlari(SDGs)ni ilgari surish uchun ishlayotgan eng innovatsion startaplarni topishni maqsad qilgan “Awake Tourism Challenge“ tanlovini tashkil qilmoqda.
Tanlovda quyidagi kategoriyalardan biri boʻyicha ishtirok etish mumkin:
- Local community involvement — mahalliy jamoatchilik ishtiroki;
- Green and blue economies — yashil va koʻk iqtisodiyot;
- Ecological and Sustainable Capital Creation — ekologik va barqaror kapital yaratish;
- Tourism Tech for Good — yaxshilik uchun turizm texnologiyasi;
- Tourism Education — turizm boʻyicha taʼlim;
- Women Empowerment — ayollar imkoniyatlarini kengaytirish.
Ishtirokchi startaplar quyidagilarga qarab baholanadi:
- Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga qoʻshgan hissasi;
- Startap bilan hamkorlik qilish orqali manfaat koʻrish qulayligi;
- Potensial biznes taʼsiri;
- Mahsulot/texnologiyaning yetukligi;
- Jamoa va tashkilotning yetukligi;
- Hamkorlikka tayyorligi.
Tanlov haqida rasmiy sayt orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.