Tavsif
Dual Study Masterʼs Degree dasturi bakalavr bosqichini tamomlagan hamda texnologiya va IT sohasiga qiziquvchilarning magistratura bosqichida tahsil olishlari uchun tashkil qilingan. Bu qoʻshma dastur boʻlib, dastur gʻoliblari tanlagan sohalariga qarab Ingolstadt University of Applied Sciences (TUI) yoki Technical University of Munich (TUM) universitetlaridan birida tahsil olishlari imkoniyatiga ega boʻlishadi. Universitetda amaliy va nazariy darslar boʻlib oʻtadi. Amaliy darslar Audi tomonidan oʻtkaziladi.
Dastur davomiyligi TUIda 2 yil, TUMda esa 2,5 yil. Oʻqish oxirida magistr darajasi beriladi. Oʻqish davomida talabalarga oylik pul toʻlanadi. Shuningdek, semestrlik almashinuv dasturlarida qatnashish imkoni ham mavjud.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.