Tavsif
The Eira Frencis Davies Scholarship dasturi Suonsi universitetidagi (Swansea University) bir nafar muvaffaqiyatli talaba ayolga beriladigan toʻliq grant dasturi hisoblanadi. Dastur talabaning bir oʻquv yilidagi kontrakt toʻlovini toʻliq moliyalashtirishga qaratilgan.
Swansea University Buyuk Britaniyaning Uels davlati, Suonsi shahrida joylashgan. QS World University Rankingsga ko'ra, 2023-yilda ushbu universitet dunyo universitetlari orasida 425-o'rinni qayd etgan.
Mazkur grant dasturi Eira Francis Davies ismli ayol tomonidan Suonsi universitetidagi (Swansea University) talaba ayol-qizlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Grantga ariza topshirmoqchi boʻlgan nomzod tibbiyot, salomatlik va hayot fanlari boʻyicha Suonsi universitetiga (Swansea University) magistraturada tahsil olish uchun qabul qilingan boʻlishi kerak.
Barcha arizalar maxsus qoʻmita tomonidan koʻrib chiqiladi. Qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar tanlov jarayonining bir qismi sifatida suhbatga taklif qilinadi.
2023-yil uchun ariza topshirishning soʻnggi muddati 29-may soat 03:59 gacha.
Suhbat bosqichi uchun soʻnggi taklif muddati: 16-iyun, 2023- yil. Suhbat bosqichi 19-iyundan 23-iyungacha boʻlib oʻtadi.
Yakuniy natija 3-iyul kuni eʼlon qilinadi.
Dastur haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.