Tavsif
2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha The FIFA World Cup 26 oʻtkazilishi va uning sport tarixidagi eng olamshumul loyihalardan biri boʻlishi rejalashtirilmoqda. Dastur Kanada, Meksika hamda AQSh davlatlarining 16 shahrida oʻtkazilib, unda 48 jamoa orasida 104 ta oʻyin boʻlib oʻtadi. Qiziquvchan, energiyaga boy nomzodlar dasturga ariza topshirishlari va FIFA tarixidagi eng yaxshi volontyorlik dasturlaridan birida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritishlari mumkin.
Dasturga 18 yoshdan oshgan barcha nomzodlar ariza topshirishlari mumkin. Jami 65,000 ishtirokchi saralab olinadi. Ariza topshirilgandan soʻng saralab olingan nomzodlar volontyorlar tayyorlov jamoasiga chaqiriladi hamda taklif xati joʻnatiladi. Ishtirokchilarga alohida kiyim, ishtirok sertifikati hamda dastur soʻnggida kichik sovgʻalar taqdim etiladi. Volontyorlar faoliyati jarayonida oziq-ovqat hamda ichimliklar bilan taʼminlanadi. Lekin ularning turar-joy hamda yoʻl xarajatlari loyiha tomonidan qoplanmaydi.
Loyiha haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.