The Global Undergraduate Exchange Program (UGRAD) Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan bakalavr bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun 2021-yilgi toʻliq moliyalashtiriluvchi grant
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
15 Mar, 2021 · Muddat tugagan

The Global Undergraduate Exchange Program (UGRAD) Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan bakalavr bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun 2021-yilgi toʻliq moliyalashtiriluvchi grant

Bakalavr Almashinuv dasturi To'liq moliyalash

Tavsif

The Global Undergraduate Exchange Program Amerika Qoʻshma Shtatlari (USA) tomonidan dunyoning barcha davlatlari oliy taʼlim talabalariga AQShda bir oʻquv semestri davomida oʻqish uchun ajratiladigan xarajatlar toʻliq qoplanuvchi grant hisoblanib, unda Oʻzbekiston oliygohlari bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.

Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda qatnashish talablari:

- Dastur boshlanganda 18 yoshda boʻlish kerak;

- Oʻzbekiston fuqarosi yoki Oʻzbekistonda doimiy yashovchilar boʻlishi kerak;

- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, Finalda TOEFL imtihoni topshiriladi;

- Baholarga qaralmaydi;

- Universitetda oxirgi kursda oʻqiyotganlar topshira olmaydi, (UGRAD tugagandan soʻng kamida bir semestr oʻqishni davom ettirishi kerak);

- Oʻquv ishlari, jamoatchilikni jalb qilish va sinfdan tashqari ishlar orqali yetakchilik salohiyatini namoyish etishi mumkin;

- Dastur tugagandan keyin 2 yil davomida AQShga uzoq muddatli migratsiya qilish cheklangan. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Grant davomida sizning barcha xarajatlaringiz AQSh hukumati tomonidan qoplab beriladi:

-viza;

-yoʻl xarajatlari;

-yashash;

-oziq-ovqat xarajatlari;

-tibbiy sugʻurta;

-TOEFL imtihoni xarajatlari;

-boshqa xarajatlar

Topshirish jarayoni

Kerakli hujjatlar:

- Shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

- Motivatsion xat (soʻrovnomada koʻrsatilgan);

- Ikkita tavsiyanoma (ingliz tilida, oila aʼzolar hisobga olinmaydi);

- Universitetda oʻqigan yillardagi fan va baholardan ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasi;

- Pasport nusxasi

Qo'shimcha ma'lumot

Tavsiyanoma namunalari:

https://uz.usembassy.gov/wp-content/uploads/sites/78/Recommendation-form-1.pdf
https://uz.usembassy.gov/wp-content/uploads/sites/78/Recommendation-form-2-1.pdf

Aloqa uchun:
Tashkent-Program@state.gov

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr

AQSh The Global Undergraduate Exchange Program (UGRAD) Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan bakalavr bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun 2021-yilgi toʻliq moliyalashtiriluvchi grant
15 Mar, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.