Tavsif
The Iris Project yoshlarni tabiatni himoya qilish, uni asrash va rivojlantirishga undash maqsadida tashkil qilingan tanlov hisoblanadi. Dasturda loyiha va tashkilotlarga yetakchilik qilayotgan 14-24 yosh oralig'idagi nomzodlar jamoaviy yoki mustaqil holda qatnashishlari mumkin. Unda qatnashish uchun ariza shaklidagi savollarga javob berish so'raladi. Arizani turli tillarda to'ldirish imkoni mavjud. Loyihalar uch kategoriya bo'yicha qabul qilinadi va uch kategoriya turlicha mukofotlanadi. Tanlov mukofot jamg'armasi jami 30,000 AQSH dollarni tashkil etadi.
Tanlovga qabul jarayoni 2025-yil 5-martda ochiladi va 15-aprelgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.