Tavsif
The Master Economics of Globalisation and European Integration (EGEI) — Erasmus Mundus loyihasi doirasida taqdim etilayotgan navbatdagi ikki yillik (120 ECTS) magistratura dasturi boʻlib, toʻliq ingliz tilida va chinakam global oʻquv muhitida olib boriladi.
Dastur magistratura bosqichini iqtisodiyot yoʻnalishida davom ettirishni maqsad qilgan barcha bitiruvchi kurs yoki bakalavr diplomiga ega talabalar uchun moʻljallangan.
Dasturga ariza topshirgan nomzodlar quyidagi universitetlardan kamida uchtasida 2 yil davomida belgilangan kurslar doirasida tahsil olishlari lozim:
- University of Bari Aldo Moro- Bari universiteti (Italiyada joylashgan, birinchi semestr uchun);
- Xiamen University — Syamen universiteti (Xitoyda joylashgan, birinchi semestr uchun);
- Ghent University — Gent universiteti (Qisman Belgiyada joylashgan, ikkinchi semestr uchun);
- Universitas Tartuensis - Tartu Universiteti (Estoniyada joylashgan, uchinchi semestr uchun);
- University of Valparaíso - Valparaiso universiteti (Chilida joylashgan, uchinchi semestr uchun);
- University of Cantabria - Santabriya universiteti (Ispaniyada joylashgan, uchinchi semestr uchun);
- Universidad Tecnica Federico Santa Maria — Santa Maria texnika universiteti (Chilida joylashgan);
- Centre for European Policy Studies - Yevropa Siyosatini oʻrganish markazi.
Dastur bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarning barcha xarajatlari qoplab beriladi.
Dastur bilan batafsil bu yerda tanishib chiqish mumkin.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: