THE reytinggiga ko'ra, dunyoda 146-o'rinda turuvchi Mannheim universitetida magistratura bosqichini oʻqish uchun Deutschland Scholarship dasturi. Oyiga 300 yevro stipendiya beriladi
Germaniya Germaniya
30 May, 2022 · Muddat tugagan

THE reytinggiga ko'ra, dunyoda 146-o'rinda turuvchi Mannheim universitetida magistratura bosqichini oʻqish uchun Deutschland Scholarship dasturi. Oyiga 300 yevro stipendiya beriladi

Magistratura To‘liq taʼlim Stipendiya

Tavsif

Dunyo universitetlari reytingida 146-oʻrinda turuvchi Germaniyaning Mannheim universiteti tomonidan 120 oʻringa moʻljallangan Deutchland stipendiya dasturi. Ushbu dastur 2022-2023-yilning kuzgi semestri uchun shu universitetga magistratura yoʻnalishlaridan biriga qabul qilingan talabalar uchun oyiga 300 yevro stipendiya ajratadi.

Nomzodlar magistratura uchun Mannheim universitetiga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha ariza topshirib qabul qilinishlari kerak, keyin esa stipendiya dasturiga ariza topshirishlari mumkin boʻladi.

Stipendiya dasturi faqat kuzgi semestr uchun ajratiladi va bir yil muddatga amal qiladi. Bahorgi semestr uchun stipendiya ajratilmaydi. Agar talaba bir yil davomida yuqori akademik koʻrsatkichlar bilan oʻqishini davom ettirsa, oʻqishining boshqa yillarida ham stipendiya olishi mumkin.

Stipendiantlarni tanlashda, asosan, ularning akademik yutuqlari soʻngra jamiyat hayotida qanchalik faol qatnashishlari va darsdan tashqari vaqtlarda erishgan yutuqlariga eʼtibor beriladi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlar grant dasturiga ariza topshirishlaridan oldin Mannheim Universitetining magistratura yoʻnalishlaridan biriga hujjat topshirib qabul qilinishlari kerak;
  • Nemis yoki ingliz tilini bilish darajasini koʻrsatuvchi sertifikatga ega boʻlishi;
  • Magistratura bosqichi uchun bakalavrni tamomlagan boʻlishi;
  • Oʻzlashtirish koʻrsatkichlarining yaxshi boʻlishi (sababi grant nomzodning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari va erishgan yutuqlariga qarab belgilanadi).

Dasturga qabul qilinish shartlari bilan batafsil bu yerda tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturi talabalarga har oy 300 yevro stipendiya ajratadi;
  • Shuningdek, Mannheim universiteti stipendiya dasturini moliyalashtiruvchi fondlar va talabalar oʻrtasida netvorking qilish imkoniyatini yaratib beradi, bu esa talabalarga stajirovka dasturlarida qatnashish, sohalariga doir tadbirlarga taklifnoma olish imkoniyatini ham taqdim etadi;
  • Har kuzgi semestrda universitet tomonidan stipendiantlarni taqdirlash marosimi ham tashkil etiladi.

Muhim: Stipendiya Mannheim universitetida oʻqish toʻlovini qoplamaydi, faqatgina shu universitetga qabul qilingan va oʻqiyotgan talabalar uchun oylik stipendiya taqdim etadi.

Stipendiya dasturining barcha imtiyozlari bilan bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Kerakli hujjatlar:

  • Motivatsion xat;
  • CV;
  • Oʻtilgan fanlar roʻyxati va oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (baholar roʻyxati);
  • Magistratura bosqichiga roʻyxatdan oʻtish uchun bakalavr diplomi;
  • Nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishga ariza topshirgan nomzodlardan C1 (Goethe Zertifikat C2) darajasi borligini tasdiqlovchi sertifikat soʻraladi;
  • Mannheim universitetiga tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha qabul qilinganligi haqida maʼlumotnoma.

Agarda boʻlsa ushbu sertifikat yoki diplomlar ham taqdim etilishi lozim:

  • Turli amaliyot dasturlari, ijtimoiy dasturlar, hamda kurslarda oʻqiganligi haqidagi sertifikat yoki diplomlar (olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi lozim);
  • Milliy yoki xalqaro darajadagi tanlovlarda taqdirlanganligi haqidagi sertifikat yoki boshqa hujjatlar (olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi lozim);
  • Volontyorlik ishlarida ishtirok etganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi lozim).
  • Maxsus holatlarni koʻrsatuvchi hujjatlar.

Hujjatlarni topshirish:

  • Hujjatlarni ushbu havola orqali kirib yoʻnalish tanlab topshirish mumkin;
  • Magistratura bosqichiga topshirish boʻyicha toʻliq yoʻriqnoma (guidline) bu yerda;
  • Magistratura bosqichiga qabul 15-martdan 31-maygacha qabul qilinadi.

Muhim: Ariza topshirish jarayonidagi qoʻshimcha savollarga javoblar bilan FAQs qismida batafsil tanishib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Xalqaro talabalar hujjat topshirish davomida qoʻshimcha ma‘lumotlar uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishlari mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Amaliy fanlar va kasblar, Biznes boshqaruvi, Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Gumanitar fanlar, Tabiiy fanlar va matematika, Ijtimoiy fanlar, Taʼlim va tarbiya, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Germaniya THE reytinggiga ko'ra, dunyoda 146-o'rinda turuvchi Mannheim universitetida magistratura bosqichini oʻqish uchun Deutschland Scholarship dasturi. Oyiga 300 yevro stipendiya beriladi
30 May, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.