Tavsif
Lozanna universiteti qoshidagi Biologiya va tibbiyot boʻlimining Biologiya fakulteti tibbiyot va biologiya sohasida yanada ko'proq tajribaga ega boʻlish istagidagilar uchun bakalavrlar uchun yozgi tadqiqot (Summer Undergraduate Research program) dasturini taklif qiladi.
Yozning 3-iyuldan 28-avgust oyigacha oʻtkaziluvchi bu dastur butun dunyodan 15 ga yaqin bakalavr talabalariga laboratoriyalarda izlanish olib borish imkonini beradi. Har bir ishtirokchi Biologiya va Tibbiyot fakultetining laboratoriyasida individual tadqiqot loyihasini amalga oshiradi.
Qatnashchilar har haftada bir yigʻilishadi va oʻz izlanishlari hamda tajribasini qolgan ishtirokchilar bilan oʻrtoqlashadi. dastur soʻngida talabalar qoʻshma UNIL/EPFL simpoziumida oʻz tadqiqot natijalarini taqdim etadilar va yakuniy hisobot yozadilar.
Dastur ishtirokchilarning xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.