Tavsif
International AIDS Conference har yili turli davlatlarda oʻtkazilib, AIDS 2026 Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 2026-yilning 26-31-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Konferensiyada onlayn yoki oflayn qatnashish mumkin. Dastur OIV boʻyicha oʻzining fikrlari, izlanishlari va konferensiyaga oʻz hissasini qoʻsha oladigan nomzodlarni bir yerga toʻplash hamda ularning ishtirokini moliyaviy qoplashni maqsad qilgan. Konferensiyada 18 yoshga toʻlgan, OIV/OITS boʻyicha ishlayotgan, oʻqiyotgan yoki volontyorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan nomzodlar qatnashishlari mumkin. Oflayn qatnashuvchilarning konferensiya vaqtidagi turar-joy, yoʻl va boshqa xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 20-noyabrdan 2026-yil 27-yanvar Oʻzbekiston vaqti bilan 28-yanvar soat 03:59 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.