Tavsif
Tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichini Buyuk Britaniyaning nufuzli LSHTM — London gigiyena va tropik tibbiyot maktabida davom ettirishni istaganlar uchun ushbu oliygoh tomonidan maxsus LSHTM Fund Scholarship tashkil etilgan. Dasturda ishtirok etmoqchi boʻlgan talabalar ushbu muassasaning quyidagi 19 ta magistrlik kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi lozim.
- MSc Control of Infectious Diseases
- MSc Demography & Health
- MSc Epidemiology
- MSc Global Mental Health
- MSc Health Data Science
- MSc Immunology of Infectious Diseases
- MSc Medical Entomology for Disease Control
- MSc Medical Microbiology
- MSc Medical Parasitology
- MSc Medical Statistics
- MSc Nutrition for Global Health
- MSc One Health: Ecosystems, Humans and Animals
- MSc Public Health
- MSc Public Health for Development
- MSc Public Health for Eye Care
- MSc Reproductive & Sexual Health Research
- MSc Sexual & Reproductive Health Policy and Programming (online)
- MSc Tropical Medicine & International Health
- MSc Veterinary Epidemiology
Dasturga qabul qilingan talabalar 1 yil davomida London gigiyena va tropik tibbiyot maktabida bepul oʻqiydi va yashash xarajatlari uchun yillik stipendiyaga ega boʻladi.