Tibbiyot yo'nalishida Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida magistratura bosqichini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant!
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
28 May, 2026 · Muddat tugagan

Tibbiyot yo'nalishida Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida magistratura bosqichini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant!

Magistratura To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Buyuk Britaniyaning Shotlandiya davlati Edinburg shahrida joylashgan Edinburg universiteti (The University of Edinburgh) magistratura bosqichini onlayn shaklda oʻqish uchun bir qator grant dasturlarini taklif qiladi.

Edinburgh Surgery Online Global Scholarships shunday grant dasturlaridan biri boʻlib, 2026-2027-oʻquv yilida sogʻliqni saqlash sohasidagi talabalarni magistratura bosqichida oʻqishini toʻliq moliyalashtiradi. Grant faqat kontrakt toʻlovini qoplab beradi. Oʻqish shakli onlayn tarzda olib boriladi.

Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2026-yil, 29-may. 

Mazkur dastur haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Grant dasturida ishtirok etish uchun quyidagi magistrlik kurslaridan birida oʻqish uchun qabul qilingan boʻlish kerak:

  • Jarrohlik fanlari (Surgical Sciences);
  • Umumiy jarrohlik (General Surgery);
  • Urologiya (Urology);
  • Travma va ortopediya (Trauma & Orthopaedics);
  • CHM (Online Learning)
  • Qon tomir va endovaskulyar (Vascular & Endovascular)
  • Ushbu roʻyxatda mavjud davlatlardan birining fuqarosi boʻlish kerak; Oʻzbekiston fuqarolari topshira oladi!

Muvofiqlik talablari (Eligibility requirements) haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dastur oʻqish uchun kontrakt toʻlovini toʻliq qoplaydi;
  • Kitob chiqartirish va internetga ulanish bilan bogʻliq xarajatlar ham qoplanishi mumkin;
  • Toʻliq grant ajratishda nomzodning oʻqish mobaynida yaxshi natija koʻrsatishiga ham eʼtibor beriladi.

Topshirish jarayoni

Edinburgh Surgery Online Global Scholarships dasturida ishtirok etish uchun maxsus ariza shaklini toʻldirish kerak.

Ariza shaklida quyidagi maʼlumotlarni toʻldirish soʻraladi:

  • Nomzod qaysi oʻquv kursiga qabul qilinganligini;
  • Unga berilgan maxsus raqam (Universal user number);
  • Ayni paytda oʻqiyotgan/ishlayotgan joyi;
  • Yashash manzili;
  • Kelajakdagi karyerasi bilan bogʻliq maqsad va rejalariga ushbu grant sovrindori boʻlish qanday yordam berishi haqida qisqacha maʼlumot (taxminan 100-120 soʻz);
  • Edinburg universitetda oʻqimoqchi boʻlgan kurslari karyerasi uchun qanday foyda keltirishini 100 ta soʻzdan oshmagan holda ifodalab berishi kerak;
  • Ishdagi yoki oʻqishdagi rahbaridan olingan tavsiyanoma (Letter of support).

Eslatma: tavsiyanomani eso.scholarships@ed.ac.uk elektron manziliga 2026-yil 29-maygacha yuborish kerak. 

Natijalar 2026-yil avgust oyining oxiriga qadar eʼlon qilinadi.

Dasturga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Edinburgh Surgery Online Global Scholarships dasturi bilan bog'liq qo'shimcha savol va takliflarni eso.scholarships@ed.ac.uk elektron manziliga yuborish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Tibbiyot yo'nalishida Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida magistratura bosqichini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant!
28 May, 2026
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.