Tavsif
Xitoy Ta’lim Vazirligi tomonidan tibbiyot yo'nalishida magistratura bosqichida o‘qish uchun The Chinese Government Scholarships dasturi e’lon qilinadi.
Dasturga qabul qilinganlar Xitoy davlatining eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Dalian Medical Universitetida magistraturaning tibbiyot yo‘nalishlarida tahsil oladilar.
Talabalar:
- Xitoy va G‘arbning integratsiyalashgan tibbiyoti;
- klinik tibbiyot;
- asosiy tibbiyot yo‘nalishlaridan birida o‘qiydilar.
Dastur g‘oliblari o‘qish to‘lovidan ozod qilinadi hamda hamda oylik stipendiya bilan ta’minlanadilar. Dastur davomiyligi - 3yil; HSK 4 sertifikati bo‘lmagan talabalarga tayyorgarlik kursi- 1 yil.
Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.