Tavsif
Magistratura bosqichini tibbiyot, sogʻliqni saqlash yoʻnalishida Yevropaning nufuzli universitetlarida davom ettirishni xohlovchilar uchun Erasmus Mundus Join Masters loyihasi Europubhealth+ Erasmus Mundus excellence scholarship dasturini taklif etadi. Dasturga qabul qilingan talabalar 2 yil davomida kamida 2 xil davlat universitetlarida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladi. Til koʻnikmasiga qarab talabalar birinchi oʻquv yilini sogʻliqni saqlash yoʻnalishi boʻyicha ingliz tilida Sheffild universitetida (Buyuk Britaniya) yoki Dublin kollejida (Irlandiya), ispan tilida Granada universitetida (Ispaniya) va fransuz tilida Liege universitetida (Belgiya) davom ettirishlari mumkin.
Ikkinchi oʻquv yilida esa ixtisoslik fanlari va til koʻnikmasiga koʻra boshqa mamlakatda, yaʼni Gollandiyadagi Maastrixt universitetida (ingliz tilida), Polshadagi Yagellon universitetida (ingliz tilida), Parijdagi Sogʻliqni saqlash boʻyicha EHESP maktabida (ingliz tilida), Renndagi EHESP (fransuz tilida) yoki Ispaniyaning Granada universitetida (ispan tilida) oʻqishlari mumkin.
Har bir oʻquv yili oxirida barcha Europubhealth+ talabalari uch hafta davomida Fransiyaning Renn shahridagi EHESP (ingliz tilida)da qoʻshma Integratsiya modulida qatnashadilar. 2 yil davomida o‘qish uchun 18.000 yevro miqdorida pul ajratiladi.
Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin: