Tavsif
Har yili tinchlik va taraqqiyot sohasida ish tajribasiga ega bo'lgan rahbarlar uchun 130 tagacha to'liq moliyalashtiriladigan Rotary Peace Fellowship granti taqdim etiladi.
Grant 2026-2027-o'quv yili uchun mo'ljallangan bo'lib o'qish va to'lovlarni, turarjoy va ovqatlanish, borib-qaytish uchun transport, amaliyot va tadqiqot xarajatlarini qoplaydi.
Grant quyidagi yo'nalishlardan iborat:
Ma'lumot uchun: Rotary Peace Fellowship dasturi akademik ta'lim, amaliyot va global tarmoq imkoniyatlari orqali tinchlik va taraqqiyot bo'yicha mutaxassislarning qobiliyatini rivojlantiradi. Dastur 2002-yildan buyon 140 dan ortiq mamlakatlarda ishlayotgan 1700 dan ortiq bitiruvchilarni tayyorladi. Bitiruvchilarning ko'pchiligi hozirda tinchlikni saqlash bo'yicha turli muassasalarda rahbar bo'lib xizmat qiladi: NNTlar, ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tinchlikni saqlash va huquqni muhofaza qilish organlari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar.
Dastur haiqda batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.