Todai Fellowship — Tokio Universitetida doktorantura kurslarida oʻqish uchun oylik stipendiya toʻlanadigan grant dasturi
Yaponiya Yaponiya
11 Iyn, 2025 · Muddat tugagan

Todai Fellowship — Tokio Universitetida doktorantura kurslarida oʻqish uchun oylik stipendiya toʻlanadigan grant dasturi

PhD To‘liq taʼlim Stipendiya

Tavsif

ʼTodai Fellowshipʼ GSFS/UTokyo - Tokio Universitetida doktorantura kurslarida oʻqish istagidagi talabalar uchun stipendiya dasturi.

Ushbu stipendiyaga Graduate School of Frontier Sciences(GSFS) kirish imtihoniga ariza topshirish bilan bir vaqtda hujjat topshirilishi kerak.

GSFS stipendiyasining saralash natijalari kirish imtihonining natijasi bilan birga xabar qilinadi. GSFS tomonidan tanlangan nomzodlar Global Campus Initiatives boʻlimi tomonidan yakuniy sinovdan oʻtadilar, soʻngra stipendiyaga ega boʻladilar. Yakuniy va rasmiy saralash natijasi roʻyxatga olingan oyda maʼlum qilinadi.

Stipendiya 3 yil muddatgacha beriladi.

Batafsil maʼlumot bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

  • Magistrlik darajasiga ega;
  • Tokio Universitetining Graduate School of Frontier Sciences (GSFS) doktorantura dasturlariga hujjat topshirishni rejalashtirgan;
  • Yaponiya talabalik vizasini olish imkoniga ega boʻlgan;
  • Ingliz tilini yuqori darajada biladigan(TOEFL);
  • Xususiy tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan stipendiyalar yoki grantlarga ariza topshirmayotgan va/yoki ariza topshirishni rejalashtirmagan nomzodlar stipendiya dasturiga hujjat topshirishi mumkin.

Stipendiya dasturi talablari va shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Talabalarga oyiga 200,000 yapon yenasi(~$1,382) miqdorida stipendiya taqdim etiladi;
  • Stipendiya 3 yil muddatgacha beriladi.

Stipendiya haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.  

Topshirish jarayoni

Ushbu havola orqali onlayn ariza topshirish portaliga oʻtish mumkin. Ariza toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi lozim.

Stipendiya dasturiga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Todai Fellowship arizasi;
  • Avval tahsil olgan muassasadagi ilmiy rahbar/mentordan tavsiyanoma (magistrlik dasturidagi rahbar tomonidan beriladigan tavsiyanoma afzal koʻriladi);
  • Tadqiqot rejasi;
  • Erishgan yutuqlari haqida maʼlumot;
  • Bakalavr va magistrlik darajasi transkriptlari(baholari);
  • Ilmiy maqolalar nusxasi.

Yuqоridagi hujjatlarning barchasi ushbu havоla оrqali yuklanishi kerak. Tavsiyanоma esa ushbu havоla оrqali tavsiya beruvchi tоmоnidan yuklanishi lоzim.

Muhim: Ingliz yoki yapon tilida boʻlmagan hujjatlar shu tillardagi tasdiqlangan tarjimasi bilan birga joʻnatilishi lozim. Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 5-iyundan 11-iyun, O'zbekiston vaqti bilan soat 19:00 gacha davom etadi. 

Hujjat topshirish boʻyicha batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    PhD

  • Soha

    Atrof-muhit va Geologiya fanlari, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 24

  • Jins

    Erkak, Ayol

Yaponiya Todai Fellowship — Tokio Universitetida doktorantura kurslarida oʻqish uchun oylik stipendiya toʻlanadigan grant dasturi
11 Iyn, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.