TOEFL imtihoniga tayyorgarlik uchun haqiqiy mutaxassislar tomonidan mutlaqo bepul imkoniyat — TOEFL iBT Test Preparation: The Insiderʼs Guide kursi
Xitoy Xitoy
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

TOEFL imtihoniga tayyorgarlik uchun haqiqiy mutaxassislar tomonidan mutlaqo bepul imkoniyat — TOEFL iBT Test Preparation: The Insiderʼs Guide kursi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

TOEFL iBT Test Preparation: The Insiderʼs Guide kursi TOEFL testini yaratuvchi, boshqaruvchi va baholovchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, ingliz tilini oʻrganuvchilarga oʻz malakalarini oshirishga yordam beradi.

Ushbu kurs nomzodga TOEFL imtihonidan eng yaxshi ballga erishish uchun nima qilish mumkinligini tushunishga yordam beradi. Oʻqituvchilar har bir boʻlim (oʻqish, tinglash, gapirish va yozish) boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatadilar va arxivlangan test savollaridan foydalanib, tushishi mumkin boʻlgan savollar turlarini tushuntirib berishadi. Ishtirokchilar testga qanday roʻyxatdan oʻtish, qanday ball toʻplash va test kuniga qanday tayyorgarlik koʻrish haqida qimmatli maslahatlar olishlari mumkin.

Mazkur kurs interaktiv yondashuvda boʻlib, unda videolar, tushuntirishlar bilan namunali savollar, qisqa viktorinalar va hamkorlikdagi munozara taxtalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, nomzod oʻtgan testlardan haqiqiy test materiallariga kirishi mumkin. Nutq va yozishni oʻz ichiga oluvchi haftalar davomida barcha kurs ishtirokchilari amaliy test javoblari uchun ball olishlari mumkin. Bundan tashqari, kurs davomida bepul resurslar va chegirmali testga tayyorgarlik takliflari boʻladi. Kurs instruktorlari va ular haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Kurs 6 hafta davomida, haftasiga 2-4 soatdan davom etadi. Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Kursda qatnashish mutlaqo bepul.

Eslatma! Kurs nomzod unga yozilganidan boshlab 6 hafta bepul hisoblanib, darslarga erkin kirish imkoniyatini beradi. Muddat tugagach, nomzodning darslarga kirish huquqi yoʻqoladi va erishgan natijalari kurs bazasidan oʻchib ketadi. Agar nomzod kursga bir umrlik kirish huquqini olishni va sertifikatli boʻijshni xohlasa, $60 badal toʻlashi kerak.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Mazkur kursda dunyo boʻylab irqi, millati va dinidan qatʼi nazar barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin;
  • Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi va shu sababdan, nomzodlar tilni maʼlum darajada tushunishlari lozim.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Nomzodlar ingliz tili bo'yicha bilimlarini mustahkamlashlari mumkin;
  • TOEFL testining toʻrtta boʻlimida (oʻqish, tinglash, gapirish va yozish) qanday qilib samarali harakat qilishni oʻrganishlari mumkin;
  • Ishtirokchilar TOEFL imtihoniga tayyorgarlik koʻrishga yordam beradigan maslahatlar;
  • TOEFL testining baholash sistemasi haqida bilim va koʻnikmalar;
  • Ishga joylashish, oʻqish, vizalar va stipendiyalar uchun TOEFL test ballaridan foydalanish yoʻriqnomalari;
  • Sinov paytida vaqtni boshqarish (time management) usullari;
  • TOEFL testi haqida qoʻshimcha manbalarni topish mumkin boʻlgan resurslar;
  • Hamda TOEFL imtihoniga roʻyxatdan oʻtish koʻnikmasiga ega boʻladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.

Dasturga 2 kategoriyada ariza topshirish mumkin. Bular:

  • Verified track;
  • Audit track.

Verified track uchun nomzod $60 toʻlashi va bir qator imkoniyatlarga cheksiz miqdorda ega boʻlish mumkin.

Audit track bepul boʻlib, ushbu kategoriyaga ariza topshirganlar cheklangan miqdordagi kurs ilovalariga ega boʻladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlarni ushbu havola orqali qoldirish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Xitoy TOEFL imtihoniga tayyorgarlik uchun haqiqiy mutaxassislar tomonidan mutlaqo bepul imkoniyat — TOEFL iBT Test Preparation: The Insiderʼs Guide kursi
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.