Tavsif
The International Graduate Program (IGP) (A), Tokio Texnologiya Institutida ingliz tilida oʻqitiladigan, 15 ta fakultetni oʻz ichiga oluvchi 6 xil oʻquv dasturlaridan tashkil topgan. Dasturga magistratura va/yoki doktorantura darajalarida oʻqimoqchi boʻlgan xalqaro talaba va tadqiqotchilar hujjat topshirishi mumkin:
- Integrated Doctoral Education Program. Ushbu dastur orqali nomzod 3 yildan 5 yilgacha boʻlgan muddatda magistrlik va doktorlik darajasiga ega boʻlishi mumkin.
- Masterʼs Program. Ushbu dastur orqali nomzod 2 yil davomida faqat magistrlik darajasiga ega boʻlishi mumkin.
Ushbu dasturlarga ariza topshirgan yuqori akademik natijalarga ega boʻlgan talabalar Tokio Texnologiya Institutining tavsiyasi bilan Yaponiya Taʼlim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiya Vazirligi (“MEXT”) stipendiyasiga ariza topshirishlari mumkin. MEXT grant dasturiga tavsiya etish uchun tanlab olingan nomzodlarga oliygohda oʻqishga qabul qilinganlik xatida xabar beriladi.
Grant yutib olgan talabalarning safar, oʻqish, roʻyxatdan oʻtish xarajatlari qoplab berilish bilan birga, oylik stipendiya ham taqdim etiladi.