Tavsif
Vellington Viktoriya universiteti (The Herenga Waka — Victoria University of Wellington) xalqaro talabalarga har yili 5,000 AQSH dollaridan 10,000 AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda grant va stipendiyalar ajratadigan Tongarewa Scholarship dasturini taklif etadi. Ushbu grant dasturining maqsadi xalqaro talabalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi. Tongarewa Scholarship dasturi taklif etadigan grant qisman boʻlib, u bir yillik oʻqish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladi. Nomzodlar bakalavriatning birinchi kursi yoki bir yillik magistraturaga toʻliq ravishda oʻqish uchun (full-time) qabul qilingan boʻlishi kerak. Ajratiladigan grant miqdorini aniqlashda akademik yutuqlarga eʼtibor beriladi.
Grant dasturiga bir yilda uch marta arizalar qabul qilinadi. 2025-yil qabulning оxirgi muddatlari: 2025-yil 1-may; 1-avgust. Ayni paytda arizalar qabulining oxirgi muddati — 2025-yil 1-may.
Vellington Viktoriya universiteti (The Herenga Waka — Victoria University of Wellington haqida batafsil ushbu havola orqali oʻqish mumkin.