Tavsif
Suratga olishni yoqtiradigan va atrofdagi dunyoni kamera obyektivi orqali yangi nuqtai nazardan koʻrsata oladigan 12 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan yosh havaskor fotograflar uchun tanlov. Tanlov “Koinot. Inson. Aql-idrok” koʻrgazmasi doirasida “Ilm fanni koʻrsat!” mavzusiga bagʻishlanadi.
Ishtirokchilar suratlarda quyidagi mavzularni yoritib berishlari kerak:
- Ilm-fanning qaysi yoʻnalishida insoniyat muvaffaqiyatlarga erishganini;
- Insonlarning kundalik hayot tarzida ilm-fan yutuqlarining oʻrni, yoki qaysi sohada ilm-fan yutuqlaridan foydalanish ijobiy natijalar keltirishi mumkinligini;
- Atrofdagi, kundalik hayotdagi ilm-fan qahramonlarini, ularning yutuqlarini, kashfiyotlarini koʻrsatish;
- Ilm–fan taraqqiyotining har bir sohada, har bir inson hayotida taʼsirini ifodalash.
Suratni 19-apreldan - 15-maygacha soat 23:59 gacha topshirish mumkin.