Tavsif
Milliy taomlar xorijlik sayyohlar uchun Oʻzbekistonni sayohat uchun manzil sifatida tanlashda hal qiluvchi omillardan biriga aylanib bormoqda. Biroq, koʻpgina umumiy ovqatlanish korxonalarining darajasini milliy taomlarning bezatish / tortish uslubi, haqiqiy Yevropa oshxonasining taomlarini original retseptlar asosida tayyorlash va xizmat koʻrsatish darajasi nuqtai nazaridan juda yaxshi deb boʻlmaydi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda jahon standartlari darajasidagi pazandachilik va mehmonxona boshqaruviga oid maktablar yoʻq. Shu munosabat bilan mehmonxona va restoran biznesi sohasi faoliyatini eng talabchan sayyohlarni qoniqtiradigan yuqori saviyada tashkil eta oladigan yuqori saviyali mutaxassislarga ehtiyoj sezilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi iqtidorli yosh mutaxassislarni tanlash va ularni xalqaro tan olingan Le Cordon Bleu (Parij, Fransiya) maktabida oʻqitishni moliyalashtirish uchun 2021-yil dekabrda tanlov eʼlon qilgan. Ingliz yoki fransuz tillarini bilgan saralangan yosh mutaxassislar jahon standartlari darajasidagi pazandachilik hamda restoran va mehmonxona boshqaruvi koʻnikmalariga ega boʻladilar.
Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning taʼlim dasturi toʻlovlari, xalqaro aviaparvoz chiptalari, oʻqish davrida turar joy va ovqatlanish xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi.
Murojaat uchun telefon: +998971202552