Toshkent shahar Uchtepa hokimiyati tashabbusi bilan tashkil etilayotgan "Yoshlar innovatsion g'oyalari" ko'rik tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
06 Noy, 2021 · Muddat tugagan

Toshkent shahar Uchtepa hokimiyati tashabbusi bilan tashkil etilayotgan "Yoshlar innovatsion g'oyalari" ko'rik tanlovi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Toshkent shahar Uchtepa hokimiyati tashabbusi bilan "Yoshlar innovatsion g'oyalari" ko'rik tanlovi tashkil etilmoqda. 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan va o'z innovatsion g'oyasiga ega barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Loyihalar quyidagi yo'nalishlardan biri bo'yicha qabul qilinadi:

  • Ishlab chiqarish va mahsulot samaradorligi innovatsiyasi;
  • Texnologiya innovatsiyasi;
  • Biznes modeli innovatsiyasi;
  • Marketing / Savdo -  Innovatsiyasi;
  • Elektro-tarmoqlar innovatsiyasi.

Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan va finalda ishtirok etgan loyiha g'oliblariga hamda ishtirokchilariga qimmatbaho sovg'alar, sertifikatlar topshiriladi.

Tanlov haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • 14-30 yosh orasidagi O'zbekistonning barcha fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Belgilangan yo'nalishlardan biri bo'yicha innovatsion g'oyaga ega bo'lish lozim.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov g'oliblari uchun quyidagi mukofotlar taqdim etiladi:

  • 1-oʻrin: Noutbuk;
  • 2-oʻrin: Televizor;
  • 3-oʻrin: Smartfon.

Shuningdek, saralash bosqichidan o'tgan va finalda ishtirok etgan barchaga esdalik sovg'alari topshiriladi.

Topshirish jarayoni

Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:

  • To'liq ism-sharif, yashash manzili, tug'ilgan yil, oy, kun haqida ma'lumot;
  • Loyiha haqida qisqacha ma'lumot, rasmlar;
  • Hozirgi kunda qayerda faoliyat olib borayotgani (ish, o'qish joyi);
  • Tel. raqami haqida ma'lumot.

MUHIM: Taqdim qilinayotgan g'oyaga tegishli dizayn, maket, prezentatsiya, fotolar, video lavhalarning bo'lishi final uchun saralashda ishtirokchilarga ustunlik berishi mumkin.

Talab etilgan ma'lumotlar va loyiha haqidagi axborotni @syndzia manziliga yuborish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Har bir qabul qilingan loyiha 8-noyabr kunigacha ko'rib chiqiladi hamda saralash bosqichidan o'tgan ishtirokchilar tanlovning 11-noyabr kuni bo'lib o'tadigan final bosqichiga taklif etiladi.

Qo'shimcha murojaatlar uchun:

Tanlovning rasmiy telegram sahifasi va unda keltirilgan manzilga bog'lanish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 14, Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Toshkent shahar Uchtepa hokimiyati tashabbusi bilan tashkil etilayotgan "Yoshlar innovatsion g'oyalari" ko'rik tanlovi
06 Noy, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.