Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta xalqaro konferensiyalardan biri TIMUN 2025 - qatnashish bepul!
O‘zbekiston O‘zbekiston
09 May, 2025 · Muddat tugagan

Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta xalqaro konferensiyalardan biri TIMUN 2025 - qatnashish bepul!

Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

TIMUN 2025 (Tashkent International Model United Nations) 400dan ortiq xalqaro va mahalliy delegatlarni bir joyga jamlaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta va hashamatli konferensiyalardan biri hisoblanadi. Unda xalqaro yetakchilar, mutaxassislar, haqiqiy BMT ekspertlari, talabalar va turli darajadagi delegatlar ishtirok etadi. Dastur 2025-yilning 23-25-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Dasturda diplomatiya, bahs-munozara va global suhbatlarda qatnashishni xohlovchi barcha nomzodlar qatnashishlari mumkin. 

Dasturda qatnashish mutlaqo bepul bo‘lib, xalqaro delegatlar va Toshkentdan boshqa shaharlarda istiqomat qiluvchi talabalar tanlov asosida dastur davomida turar-joy bilan ta’minlanadi. 

Dasturga qanchalik erta ariza topshirilsa, unga qabul qilinish va imkoniyatlardan foydalanish ehtimoli ham shunchalik oshadi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2025-yil 10-maygacha davom etadi. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturda diplomatiyaga, yuqori darajadagi bahs-munozara va global suhbatlarga qiziquvchi nomzodlar qatnashishlari mumkin;
  • O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, barcha xalqaro nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Konferensiyada bepul ishtirok etish;
  • Xalqaro delegatlar va Toshkentdan boshqa shaharlarda istiqomat qiluvchi talabalar uchun tanlov asosida dastur davomida turar-joy;
  • Haqiqiy BMT ekspertlari bilan ishlash imkoniyati;
  • Tajriba oshirish;
  • Global miqyosda yosh yetakchilar jamiyatiga qo‘shilish;
  • Do‘stlar orttirish, aloqa qilish va rivojlanish imkoni. 

Topshirish jarayoni

Dasturga qanchalik erta ariza topshirilsa, unga qabul qilinish va imkoniyatlardan foydalanish ehtimoli ham shunchalik oshadi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2025-yil 10-maygacha davom etadi.

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta xalqaro konferensiyalardan biri TIMUN 2025 - qatnashish bepul!
09 May, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.