Tavsif
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (MDIS Tashkent) tomonidan Birinchi Sababa kiberxavfsizlik tanlovi o‘tkazilmoqda. Unda SIEM - axborot xavfsizligi boshqarish (Security information management) va hodisalarni xavfsiz boshqarish (Security event management) sohasidan xabardor bo‘lgan, axborot xavfsizligi, axborot texnologiyalari va shunga yaqin yo‘nalishda tahsil oluvchi bakalavr bosqichining 2-, 3-, 4-kurs talabalari qatnashishi mumkin.
Tanlov 2 bosqichda (turli sanalar), jonli (I tur) va onlayn (II tur) tarzda, MDIS binosida o‘tkaziladi. G'oliblar Italiyaning Verona shahridagi Xavfsizlik Operatsiyalari Markazida (SOC) uch oylik amaliyot o'tash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Eng yaxshi amaliyotchilarga Toshkentda yaqinda ochiladigan SOC filialida lavozim taklif qilinadi.