Tavsif
16 yosh va undan yuqoridagilar uchun Toshkent viloyatida xarajatlari qoplanadigan Wiki-sfera oromgohi taqdim etiladi. Oromgohni tashkil etish va uni oʻtkazish Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga yuklanadi.
Bu safar oromgoh mashhur Garri Potter filmlari ruhida tashkil etiladi. Sehr, sir va sarguzashtga boy ushbu safar uchun qabul 2026-yil 20-maydan 20-iyunga qadar davom etadi.
Oromgohning maqsad va vazifalari:
Vikipediya onlayn ensiklopediyasining Oʻzbek tilidagi boʻlimida mavjud maqolalar soni va sifatini oshirish;
Ishtirokchilarga Vikipediya onlayn ensiklopediyasining mazmuni, ishlash tamoyillari va imkoniyatlari haqida tushuncha berish;
Ishtirokchilarda tahrirlash madaniyatini shakllantirish;
Yoshlarning axborot izlash va tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantirish;
Ishtirokchilarga Vikipediya onlayn ensiklopediyasining Oʻzbek tilidagi boʻlimiga maqola joylashni oʻrgatish.
Oromgoh Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida 6 kun davomida tashkil etiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.