Oxirgi 10 yil ichida Markaziy Osiyoda 500 dan ortiq delegatlarga mo'ljallangan eng yirik MUN konferensiyasi - Tashkent International MUN 2023
O‘zbekiston O‘zbekiston
06 Noy, 2023 · Muddat tugagan

Oxirgi 10 yil ichida Markaziy Osiyoda 500 dan ortiq delegatlarga mo'ljallangan eng yirik MUN konferensiyasi - Tashkent International MUN 2023

Konferensiya Bepul ishtirok

Tavsif

Toshkent xalqaro MUN konferensiyasi (TIMUN) har yili Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) tarkibiga kiruvchi TIMUN Jamiyati tomonidan oʻtkaziladigan loyihadir. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻzbekistondagi Mintaqaviy koordinatori idorasi, UNFPA, BMT Ayollar boʻlimi, UNODC, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Artel Group tomonidan qoʻllab-quvvatlangan TIMUN 2023 konferensiyasi turli viloyatlardan va hududlardan keluvchi talabalarni bir joyga toʻplashni maqsad qilgan. 

Konferensiyaning asosiy maqsadi: diplomatik muloqotni rivojlantirish, global voqealardan xabardorlikni oshirish, yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish, muammolarni hal qilishni ragʻbatlantirish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdan iborat.

Konferensiya qanday shaklda oʻtadi? 

  • Jami 550 ta qabul qilingan delegat 11 ta qoʻmitaga taqsimlanadi;
  • Barcha qoʻmitalarga umumiy shiordan kelib chiqqan holda global muammo mavzu sifatida beriladi;
  • Barcha delegatlar dunyodagi muayyan bir davlatning vaqtinchalik delegatiga aylanadi va muammoga oʻz yechimlarini taqdim qilishga harakat qiladi;
  • Qoʻmitalari tomonidan ishlab chiqiladigan barcha yakuniy rezolyutsiyalar dunyoning yosh yetakchilari tomonidan taklif etilgan yechimlarni koʻrib chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun BMT agentliklariga yuboriladi.

Konferensiyaning bu yilgi shiori: “Yaxshiroq dunyo uchun birgalikda, BRM uchun birgalikda! #HechKimOrtdaQoldirilmaydi”. 

Konferensiya haqida umumiy tasavvurni shakllantirish uchun ushbu videoni tomosha qilish mumkin.

Grant haqidagi maʼlumotlar bilan GrantGO tomonidan tayyorlangan quyidagi video/ovozli chat orqali ham tanishish mumkin:

Kimlar uchun mo'ljallangan

Kimlar uchun:

  • Millati, dini va irqidan qatʼi nazar, oʻzbekistonlik va dunyoning turli mintaqalaridan kelgan yoshlar;
  • Turli mutaxassislikdagi talabalar, yuqori maktab sinf oʻquvchilari hamda professional xodimlar;
  • Oʻzbekistonning turli viloyatidan tashrif buyuruvchilar va Xalqaro ishtirokchilar qatnashishi alohida qo'llab-quvvatlanadi.

Boshqa talablar:

  • Konferensiya toʻliq ingliz tilida olib borilgani uchun ingliz tilini yaxshi bilish lozim. Sertifikat talab etilmaydi;
  • Konferensiya davomida klassik va rasmiy uslubda kiyinish talab etiladi. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Konferensiyada qatnashish to'liq bepul;
  • Butun mamlakat va xalqaro ishtirokchilar orasida xalqaro muhitni his qilish, muloqot qobiliyatini oshirish, yangi doʻstlar orttirish va tajriba almashish imkoniyati.
  • Akademik va professional faoliyatga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi sertifikat beriladi;
  • Ochilish va yopilish marosimidagi bayram kechalaridagi unutilmas onlar;

Topshirish jarayoni

Qatnashish uchun 2 xil yoʻl mavjud:

1. Maxsus google soʻrovnomani toʻldirish kerak. Soʻrovnomani ushbu manzildan topish mumkin.

2. Ushbu havola orqali ariza qoldirish kerak.

Soʻrovnomani tekshirish davomida:

  • Qatnashchilarning joriy yoki oʻxshash konferensiyalarda ilgari qatnashganlik tajribasi;
  • Kuchli motivatsiyasi;
  • Sohasi va qiziqishlari;
  • Konferensiya boʻyicha umumiy tasavvurining mavjudligiga alohida ahamiyat beriladi. 

Shuningdek, konferensiyani boshqaruvchi (chair person) sifatida ham ariza berish mumkin. Bunday nomzodlarga ariza berishning oxirgi muddati 5-noyabr, 2023. Ariza berish bu yerda.

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim sanalar:

Chair Person sifatida qatnashish uchun ariza berishning oxirgi muddati: 5-noyabr.

Delegat sifatida qatnashish uchun ariza qoldirishning oxirgi muddati: 7- noyabr:

Konferensiya oʻtkazilish vaqti: 1-3-dekabr, 2023, Toshkent.

Konferensiya TXVU (WIUT) va Yoshlar Saroyida oʻtkaziladi.

Har qanday savol va maʼlumot uchun:

  • timun@wiut.uz elektron pochta manzili;
  • +998994049921 raqami.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Oxirgi 10 yil ichida Markaziy Osiyoda 500 dan ortiq delegatlarga mo'ljallangan eng yirik MUN konferensiyasi - Tashkent International MUN 2023
06 Noy, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.