Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligi Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida(TXVU) davlat granti asosida sogʻliqni saqlash tizimini boshqaruvchi kadrlar (menejer va administratorlar)ni tayyorlash uchun “Jamoat salomatligi fanlari magistri” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olish uchun tanlov eʼlon qiladi. Grantlar soni 50ta.
Taʼlim olish va grant uchun tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining Qabul Boʻlimi orqali 1-oktyabrdan 10-noyabrgacha ushbu havola orqali qabul qilinadi.
Nomzodlar magistraturada oʻqish uchun tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, eng yuqori natija koʻrsatgan 50 nafar nomzod hujjatlari Sogʻliqni Saqlash vazirligi ishtirokidagi komissiyaga yuboriladi.
Magistratura dasturi haqida qisqacha maʼlumot:
- 9 ta modul, 180 kredit (Buyuk Britaniya);
- Vestminster Universiteti diplomi, London, Buyuk Britaniya;
- Darslar ingliz tilida oʻtkaziladi;
- Mashgʻulotlar 2023-yil, 5-yanvardan boshlanadi.
- 2 yil (4 semestr) davomida bir vaqtning oʻzida ham oʻqib, ham ishlash imkoniyati.
- Darslar haftada 2 marta 18:30da boʻlib oʻtadi
Davlat granti haqida batafsil rasmiy eʼlon orqali tanishib chiqish mumkin.
Magistratura dasturi boʻyicha TXVU rasmiy sayti orqali maʼlumot olish mumkin.